Toretto kompaniyasiga 2016-yilda asos solingan. Asoschilarimiz maqsadi sodda edi — bozorda tabiiy va mazali chipslar tanqisligini bartaraf etish va mahalliy iste’molchilarga sog‘lom, xavfsiz, va yuqori sifatli mahsulot taqdim etish. Hozirgi kunda Toretto: 10 ta zamonaviy ishlab chiqarish liniyasiga ega, 40+ xil turdagi mahsulotlarini ishlab chiqaradi, Yiliga 300 milliondan ortiq qadoq ishlab chiqarish quvvatiga ega, 200 dan ortiq mutaxassislar mehnat qilmoqda, O‘zbekistonning 30 000+ do‘kon va supermarketlarida mavjud, 10 ta xorijiy davlatga eksport qilinmoqda